Rasman: Karvalo Odil Ahmedov jamoadoshiga aylandi

Aslanov Jasurbek
9 yanv 2017, 11:15
"Shanxay SIPG" "Chelsi" hamda "Real" sobiq himoyachisi Rikardo Karvaloni o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi.

38 yoshli portugaliyalik Xitoy klubi bilan bir yillik shartnoma tuzdi. Xitoy klublari 4+1 sxemasi bo'yicha chet ellik futbolchilarni o'z jamoasida o'ynatishi mumkin. Shunday qilib, Karvalo Elkeson, Xalk va Oskardan so'ng "Shanxay SIPG"ning to'rtinchi chet ellik futbolchisiga aylandi. Odil Ahmedov esa jamoaning (+1) osiyolik legioneri hisoblanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia