Rasman: Jud Bellingem "Golden Boy" sovrinini qo'lga kiritdi

Mirjalol Normatov
17 noya 2023
"Real" futbolchisi Jud Bellingem Yevropaning 21 yoshgacha bo'lganlar orasida yilning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

Futbolchi Turinning "Tuttosport" nashri tomonidan aniqlanib kelinadigan ushbu sovrinning egasiga aylandi.

Ushbu sovrin uchun quyidagi futbolchilarning nomzodlari ham ilgari surilgandi: Jamol Musiala ("Bavariya"), Xavi Simons ("RB Leyptsig"), Antoniu Silva ("Benfika"), Aleks Balde ("Barselona"), Florian Virtc ("Bayer"), Benyamin Sheshko ("RB Leyptsig"), Jorjo Skalvini ("Atalanta"), Rasmus Xeylund ("Manchester Yunayted"), Livay Koluill ("Chelsi"), Yoxan Bakayoko (PSV), Milosh Kerkez ("Bornmut"), Artyur Vermeren ("Antverpen"), Evan Fergyuson ("Brayton"), Lyuka Gurna-Duat ("Red Bull Zalcburg"), Uorren Zair-Emeri ("PSJ"), Usman Diomande ("Sporting"), Arnau Martines ("Jirona"), Matis Tel ("Bavariya"), Andi Diuf ("Lans").


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Golden Boy