Rasman: Jasur Jaloliddinov - "Lokomotiv" futbolchisi! +VIDEO

Mirjalol Normatov
24 iyul 2021, 21:35
"Lokomotiv" 4 iyul kuni "Paxtakor"ga qarshi bahs oldidan Jasur Jaloliddinov bilan kelishuvga erishganligini ma'lum qilgandi.

Bugun 19 yoshli futbolchi "Loko" bilan rasman shartnoma imzoladi. Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, u mavsumning ikkinchi yarmini 19-raqamli libosda o'tkazadi.

"Lokomotiv"ga o'tganimdan xursandman. O'z oldimga yuqori maqsadlarni qo'yganman. G'alabalar sari olg'a!", - dedi Jasur Jaloliddinov.

Jasur birinchi davrani "Andijon" tarkibida o'tkazganini yaxshi bilasiz.



O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати