

"Jamoamizdan yana bir transfer.
Antaliyadagi yig'in davomida tarkibimizga xorijdan futbolchi kelib qo'shildi. Italiyalik Federiko Botti - 2026 yilgi mavsumda “Bunyodkor” safida to'p suradi. Umid qilamizki, Federiko darvozamizni munosib qo'riqlab, “qaldirg'ochlarimiz”ning g'alabalariga ulkan hissa qo'shadi", - deb fikr bildirilgan klub tomonidan berilgan xabarda.
Ma'lumot uchun, 23 yoshli darvozabon transfermarkt nashrining ma'lumotlariga ko'ra so'nggi jamoasi Seriya B jamoasi hisoblanmish "Mantona" klubi ekan. Transfermarkt nashri darvozabonni 100 ming evroga baholagan.



