Rasman! "Inter Mayami" va "Al Nassr" o'zaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Uchrashuv sanasi ma'lum

Nozimov Nig'monxo'ja
12 dek 2023, 08:02
"Inter Mayami" Saudiya Arabistoning ikki klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Bu haqida klub matbuot xizmati ma'lum qildi.

Messi boschiligidagi jamoa birinchi 29 yanvar kuni "Al Hilol"ga qarshi maydonga tushsa, 1 fevralda Ronaldu sardorligidagi "Al Nassr" mehmoni bo'ladi.

Shu tariqa, muxlislar yana bir bor Messi - Ronaldu qarama-qarshiligiga guvoh bo'lishlari mumkin.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com