Rasman: Farrux Ikromov – "Dinamo" futbolchisi

Mirjalol Normatov
7 yanv 2024
Dinamo klubi Superliganing yana bir eng iqtidorli o'yinchilaridan birini o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi.

Toshkentda o'tayotgan o'quv-mashg'ulot yig'inida qatnashgan Farrux Ikromov Dinamo bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.

Bunyodkor tarbiyalanuvchisi 2021 yil Vadim Abramov qo'l ostida to'p surib, 16 o'yinda 6ta gol va 2ta assist bilan Superliganing eng yaxshi o'yinchisiga atalgan sovringa davogarlik qilgandi. O'tgan mavsumni esa Navbahor va Bunyodkor tarkibida o'tkazdi. Farrux o'tgan yillar davomida O'zbekiston yoshlar, olimpiya va milliy jamoasi safida ham maydonga tushgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати