Rasman: Ederson Turkiya klubiga o'tdi

Sherzod Nurmatov
2 sen 2025
Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi "Manchester Siti" bilan darvozabon Ederson bo'yicha kelishuvga erishdi.

Bu haqda Angliya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Ederson ushbu mavsum "shaharliklar" safida o'ynagani yo'q. Avvalroq 32 yoshli braziliyalikni "Galatasaroy" bilan bog'lashgandi, ammo u yakunda "Siti"ni "Fenerbaxche"ga almashtirishga qaror qildi.

Tajribali posbon uchun taxminan 12 mln funt to'lanishi kutilmoqda.

"Manchester Siti" uning o'rniga Janluiji Donnarummani olib kelmoqda. 26 yoshli posbon jamoada Jeyms Trafford va Shtefan Ortega bilan raqobat qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: mancity.com