Rasman: Doston Tursunov "Paxtakor" bilan shartnoma imzoladi

Alisher
30 iyul 2022, 16:01
27 yoshli himoyachi Doston Tursunov erkin agent sifatida "Paxtakor" a'zosiga aylandi.

"Tursunov faoliyati mobaynida "Neftchi", "Qo'qon-1912", "Metallurg", Yaponiyaning "Renofa Yamaguchi", Koreyaning "Pusan Park", Xitoyning "Chonkin Lianjian" klublari safida to'p tepgan. O'zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod o'yinchi hisoblanadi. Tursunov bilan 2022 yil oxirigacha mo'ljallangan tuzildi. Doston "Paxtakor"ning yutuqlariga munosib hissa qo'shadi degan umiddamiz.

"Paxtakor"ga xush kelibsan, Doston!", - deyiladi "sherlar" xabarida.


Eslatib o'tamiz, oldinroq "Eshitdik-da!" ruknimiz orqali bu haqida xabar bergan edik.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати