"Real" Chuamenining transferini e'lon qildi

Alisher
11 iyun 2022, 16:38
"Real" "Monako" yarim himoyachisi Orelen Chuamenining transferini tasdiqladi.

Madrid klubi Fransiya terma jamoasi xavbeki bilan bitim tuzdi. Bitim 100 million evroga baholanmoqda.

O'yinchining taqdimoti seshanba kuni bo'lib o'tadi. 22 yoshli o'yinchi "Real" libosini kiyish uchun PSJ, "Liverpul" va "Manchester Yunayted"ni rad etdi.

Futbolchi o'tgan mavsum "Monako" safida 50ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: realmadrid.com