Rasman: "Bunyodkor" jamoani Superligada olib qolishga katta hissa qo'shgan o'yinchi bilan shartnomani 2 yilga uzaytirdi

Tolibjon Qosimov
18 dek 2024, 13:38
O'zbek klublari yangi mavsum uchun tarkibni shakllantirish ishlarini davom ettirishmoqda.

PFL matbuot xizmatining xabar berishicha, "Bunyodkor" klubi markaziy himoyachi Bobur Yo'ldoshev bilan kelishuvni 2026 yilning 31 dekabriga qadar uzaytirdi.

Ma'lumot uchun, Bobur Yo'ldoshev ortda qolgan Superliganing 25-turida "Olimpik"ka qarshi hayot-mamot jangida yagona g'alaba golini kiritgan edi.

Eslatib o'tamiz, Bobur Yo'ldoshev "Bunyodkor" tarkibida Superliga va O'zbekiston kubogi doirasida 12ta o'yinda maydonga tushgan va 2ta gol urib, bitta assist bergan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ПФЛ матбуот хизмати