Rasman: Miodrag Bojovich - "Neftchi" bosh murrabiyi. Gap Farg'ona haqida emas

Omonjon To`xtamirzayev
25 dek 2023
Ozarbayjonning "Neftchi" klubi matbuot xizmati Miodrag Bojovich klub bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanganini e'lon qildi.

Hozircha chernogoriyalik mutaxassis bilan kelishuv tafsilotlari oshkor qilinmayapti. Bojovich jamoaning sobiq ustozi Adrian Mutuning o'rnini egalladi.

Ruminiyalik mutaxassis bilan kelishuv ikki tomonning o'zaro roziligi bilan bekor qilingan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: neftchi.az