Rasman: Behruz Karimov - "Lugano" futbolchisi!

Aslanov Jasurbek
10 avg 2026, 21:32
O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Behruz Karimov faoliyatini Shveytsariyada davom ettiradi.

Karimov “Lugano” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Shveytsariya klubi matbuot xizmati e'lon qildi. Behruz Karimov va “Lugano” o'rtasidagi bitim 2031 yilgacha mo'ljallangan.

19 yoshli futbolchi joriy mavsum “Surxon”ning 7 ta uchrashuvida maydonga tushdi. Shu bilan birga u O'zbekiston terma jamoasi safida JCH-2026da 2 ta bahsda ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia