Rasman: “Bavariya” sobiq forvardi SSKA bosh murabbiyiga aylandi

Eldor Akmurzayev
23 mar 2021, 19:15
Xorvatiyalik 41 yoshli mutaxassis Ivica Olich “moskvaliklar armiyachilar” yangi ustozi sifatida tanishtirildi.

SSKA Olich bilan qancha muddatga shartnoma imzolagani esa ochiqlanamagan. U Viktor Goncharenkoning o'rnini egalladi.

Ivica Olich 2003-2006 yillarda moskvaliklar sharafini futbolchi sifatida himoya etgan va 112 o'yinda maydonga tushib, 41 ta gol urishga erishgan edi. U jamoa bilan UEFA Kubogi bilan birga 8 ta titulni qo'lga kiritgan.

SSKA RPL joriy mavsum 23 turidan keyin 40 ochko to'plagan holda turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda. Peshqadam “Zenit” bilan oradagi farq esa 8 ochkoni tashkil qiladi.

Eslatib o'tamiz, Xorvatiya TJ sobiq a'zosi 2017 yil butsalarini mixga ilgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: pfc-cska.com