Rasman: "Bavariya" navbatdagi transferni e'lon qildi

Mirjalol Normatov
18 avg 2019, 16:40
Yarim himoyachi Mikael Kyuizans Menxengladbaxning "Borussiya"sidan "Bavariya"ga o'tdi.

Bu haqda myunxenliklar rasmiy sayti xabar bermoqda. Klub uning transferi uchun 12 million evro to'lagan. Xavbek 2024 yilga qadar "Bavariya" sharafini himoya qiladi.

20 yoshli Mikael Kyuizans "Nansi" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2017 yilda u "Borussiya" tarkibiga ko'chib o'tgandi. Shu vaqtdan buyon u 39 o'yinda qatnashib, 3 golga assistentlik qildi.

Mikael Kyuizans "Bavariya"ning ushbu yozdagi 6-transferi hisoblanadi. Oldinroq "Bavariya" Lukas Ernandes (80 million evro), Benjamen Pavar (35 mln), Filippe Koutino (8,5 mln, ijara), Ivan Perishich (5 mln, ijara) va Yann-Fit Arp (3 mln)ning transferini e'lon qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fcbayern