Rasman: "Barselona" Vitor Roke transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
12 iyul 2023
Kataloniyaning "Barselona" klubi "Atletiko Paranaense"ning 18 yoshli hujumchisi Vitor Roke bilan shartnoma imzolaganini ma'lum qildi.

Braziliyalik 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Futbolchi bir yildan so'ng Xavi Ernandes jamoasiga qo'shiladi.

Alohida aytish joiz, "Barselona" Roke transferi uchun 35 mln evroni darhol va 10 mln evroni bonuslar ko'rinishida to'laydi. Vitor "ko'k-anorranglilar" safiga 2024 yilning yanvarida qo'shiladi, biroq buning uchun kataloniyaliklar moliyaviy muammolarni hal qilishlari kerak.

Rokening "Barselona" bilan bitimida tovon puli 500 mln evro etib belgilangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com