Rasman: "Barselona" shvetsiyalik vinger transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
14 iyul 2025
Shvetsiyalik futbolchi "Kopengagen"dan kelib qo'shildi va klubda 2029 yilning 30 iyuniga qadar qoladi.

"Barselona" va "Kopengagen" Runi Barji transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Yosh iqtidor egasi 2 millon evro evaziga xarid qilindi. 

Vinger Kataloniya klubi bilan 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

19 yoshli futbolchi o'tgan mavsum 6 o'yinda qatnashgan va jarohati sabab bir necha oy maydonga tusha olmagan edi.

Barji asli Kuvaytdan. 7 yoshida u ota-onasi bilan Shvetsiyaga ko'chib ketgan va futbolchilik faoliyatini boshlagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com