Rasman: "Barselona" Roberto bilan shartnomani 2023 yilga qadar uzaytirdi, tovon puli – 400 mln evro

Alisher
10 iyun 2022, 17:27
Serji Roberto "Barselona" bilan shartnomani uzaytirdi.

30 yoshli himoyachi va "ko'k-anorranglilar" o'rtasidagi yangi kelishuv 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, tovon puli – 400 mln evro.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, Roberto "Barsa"da qolish uchun soliqqa qadar maoshining 12dan 5 mln evrogacha tushirgan.

Serji birinchi jamoada 2010/11 yilgi mavsumda debyut qilgan. U kataloniyaliklar bilan 23ta sovrin yutgan, jumladan 2 bor Chempionlar Ligasida zafar quchgan.

Roberto "Barselona" tarkibida 316ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 37ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcbarcelona.es