Rasman: "Barselona" himoyachisi "Elche"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
2 sen 2025
"Barselona" ispaniyalik yosh himoyachisi Ektor Fort yozgi transfer oynasining so'nggi kunida jamoasini o'zgartirdi va rasman "Elche"ga o'tdi.

Kataloniya klubi matbuot xizmati xabariga ko'ra, 19 yoshli ispaniyalik futbolchi mavsum oxirigacha ijara asosida "Elche"da o'ynaydi. Yosh himoyachi yangi jamoasida ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'ladi. 

Ektor Fort o'tgan mavsum "Barselona" tarkibida Ispaniya chempionatida 17 ta o'yin o'tkazib, 2 ta sariq kartochka olgan.

Eslatib o'tamiz, La Liga yangi mavsumining dastlabki 3 turidan so'ng "Elche" 5 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 7-o'rinni egallab turibdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com