Rasman: Babel - "Galatasaroy" futbolchisi

Alisher
29 iyun 2019
32 yoshli hujumchi Rayan Babel "Galatasaroy" o'yinchisiga aylandi.

Futbolchi Istanbul klubi bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekdi. Qayd etish kerakki, gollandiyalik futbolchining "Fulxem" bilan kelishuvi yakulangandan so'ng u erkin agentga aylangan edi.

Babel yakunlangan mavsum APLda 16ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 3ta assistga erishgan.

Eslatib o'tamiz, "Fulxem" omadsiz ishtirokdan so'ng Chempionshipga ravona bo'ldi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/GalatasaraySK