Rasman: BAA bilan o'yinda Ro'ziqul Berdiev O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo'ladi

Aziz Tukhtamuradov
20 okt 2017, 11:27
O'zbekiston terma jamoasini BAAlaridagi o'rtoqlik uchrashuviga Ro'ziqul Berdiev olib boradi.

Bu haqida bugun O'zbekiston Futbol Federatsiyasida bo'lib o'tgan majlisda Umid Ahmadjonov ma'lum qildi. O'zbekiston terma jamoasi yoshartirilishi munosabati bilan tarkib butkul yangilanmoqda. BAAga qarshi o'yinda yoshlar sinovdan o'tkaziladi.

“Biz kelajak uchun istiqbolli rejalar tuzayapmiz. Shu tamoyilga sodiq qolgan holda milliy terma jamoa tarkibini yoshartirish yo'lidan boramiz” , - deydi Umid Ahmadjonov O'FF matbuot xizmatiga.

“BAA bilan o'yin milliy terma jamoa tarkibiga nomzod bo'lgan yangi yoshlarni saralab olish va ularni sinovdan o'tkazish imkonini beradi. Jamoani maydonga Ro'ziqul Berdiev boshlab tushadi”, - deydi Umid Ahmadjonov.
O'FF prezidenti terma jamoaga xorijlik murabbiy taklif qilinishi to'g'risida quyidalarni ma'lum qildi.

“Biz 20-25 kun ichida milliy terma jamoaga xorijlik murabbiy tayinlanishi haqida aytib o'tgandik. Bugungi kunda bir qancha nomzodlarni ko'rib chiqdik, lekin, hozircha, bizning talablarimizga javob beradigani chiqmadi. Ammo, izlanishdamiz, muzokaralar olib bormoqdamiz”, - deydi Umid Ahmadjonov.

O'zbekiston milliy terma jamoasi BAA bilan 14 noyabr kuni mehmonda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. O'yin bo'lib o'tadigan stadion va uning vaqti haqida keyinroq xabar beriladi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: the-uff.com