Rasman: "Arsenal" futbolchisi "Aston Villa"ga o'tdi

Alisher
16 sen 2020, 15:07
"Arsenal" darvozaboni Emiliano Martines faoliyatini "Aston Villa"da davom ettiradi.

28 yoshli darvozabon Birmingem klubi bilan 4 yilga mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Transfer narxi oshkor etilmayapti.

Oldinroq "Aston Villa" taklifni yaxshilagan holda darvozabon uchun 15 million funt (16,4 million evro) taklif qilishi aytilgan edi.

Posbon o'tgan mavsum klub miqyosidagi barcha musobaqalarda 23ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 24ta to'p olib chiqdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/AVFCOfficial