Rasman: Andijon - Paxtakor uchrashuvi joyi o'zgartirildi

15 may 2019, 16:56
"Andijon" matbuot xizmatining xabar berishicha, Andijondagi o'yin Farg'ona shahrida bo'lib o'tadi.

"Ayni damda Andijondagi Sog'lom avlod stadionida yoritkich tizimi FIFA talablariga to'la javob berishi uchun ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan, ertangi o'yin Farg'onadagi Istiqlol stadionida o'tkaziladigan bo'ldi. O'yinning boshlanish vaqti soat 18:30ga belgilangan. Yuqoridagilarni inobatga olib, muxlislarni 16 may kuni Istiqlol stadioniga chorlaymiz. Ma'lumot uchun, Andijondan sotib olingan chiptalar, Istiqlol stadioniga kirish xuquqini beradi", - deyiladi xabarda.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia