Rasman: Anchelotti – "Real" bosh murabbiyi!

Sherzod Nurmatov
1 iyun 2021, 22:09
Bu xaqda Madrid klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Tajribali mutaxassis bilan 2024 yilga qadar shartnoma tuzildi.

Anchelotti boshchiligidagi murabbiylar shtabidan shuningdek, Antonio Pintus va David Bettoni ham o'rin olishi kutilmoqda. 

Eslatib o'tamiz, italiyalik murabbiy bungacha 2013 yildan 2015 yilgacha "qirollik klubi"da faoliyat yuritgan. "Real" uning qo'l ostida Chempionlar Ligasi, Klublar o'rtasidagi JCH, Ispaniya Kubogi hamda Superkubogi g'olibiga aylangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: realmadrid.com