Rasman: Amaldagi “Oltin to'p” sohibi Qatardagi mundialni o'tkazib yuboradi

Eldor Akmurzayev
20 noya 2022, 07:40
"Oltin to'p"ning amaldagi sohibi Karim Benzema JCH-2022'ni o'tkazib yuborishi rasman aniq bo'ldi.

U Fransiyaning 26 kishilik ro'yxatidan tushib qoladi.

Benzema bu haqda shunday yozdi: "Hayotim davomida hech qachon taslim bo'lmaganman, lekin bugun men o'zim emas, jamoa haqida o'ylashim kerak. Aqlim menga joyimni mundialda terma jamoaga yordam bera olishi mumkin bo'lgan boshqa futbolchiga bo'shatib berishimni aytmoqda. Barchangizga meni qo'llab-quvvatlab yozgan xabarlaringiz uchun rahmat".

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: L’Équipe