Rasman: "Al Vasl" taniqli futbolchini o'z safiga qo'shib oldi

Alisher
20 iyun 2019, 10:23
"Al Sharja" hujumchisi Velliton "Al Vasl" klubiga o'tdi.

32 yoshli braziliyalik futbolchining rasmiy transferi 1 iyulda amalga oshadi. Aynan o'sha kuni uning jamoa bilan tuzgan shartnomasi o'z yakuniga etadi. "Spartak" sobiq futbolchisi yangi jamoasida 11-raqamda to'p suradi.

Velliton yakunlangan mavsum BAA chempionatida 26ta o'yinda maydonda tushib, 20ta gol urishga erishdi. Shuningdek, uning hisobida 7ta assist ham bor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/AlWaslSC