Rasman: Aaron Anselmino - "Chelsi" futbolchisi!

Omonjon To`xtamirzayev
8 avg 2024
Londonning "Chelsi" klubi navbatdagi xaridini e'lon qildi.

"Aristokratlar" "Boka Xuniors" futbolchisi Aaron Anselminoni sotib oldi. Transfer narxi 23 mln evroni tashkil qildi. 

Argentinalik markaziy himoyachi "Chelsi" bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekkan. 

E'tiborli tomoni, Anselmino barcha hujjatlar imzolanganiga qaramay, mavsum yakuniga qadar Argentinada ijarada qoladi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: chelseafc.com