Rashidov yana gol urdi, biroq “Al-Jayish” mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
15 dek 2016, 21:31
Qatar Yulduzlar ligasida 12-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Terma jamoamiz yarim himoyachisi Sardor Rashidov to'p tepayotgan “Al-Jayish” klubi o'z maydonida “Al-Garafni”ni qabul qilib 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Mezbonlar safida yagona golni Rashidov raqib darvozasiga urdi. Sardor uchrashuvda to'liq o'ynadi. U o'tgan turda ikkita gol urgandi.

Chempionatning 12-turidan so'ng “Al-Jayish” 28 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi.

Qatar Yulduzlar Ligasi. 12-tur
“AL-JAYISH” - “AL-GARAFA” - 1:2
Gollar:
Sardor Rashidov 66 - Nemet 25, Vayss 78 penalti


TAS-IX hududida


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia