Rashidov "Benfika" bilan o'yinda debyut qiladi

Narzulla Saydullayev
3 fev 2019, 14:18
Sardor Rashidov Portugaliyaning "Nasonal" klubi bilan shartnoma tuzganidan xabaringiz bor.

Bugun "Nasonal" o'z maydonida "Setubal"ni qabul qiladi. Ushbu bahsda hamyurtimiz maydonga tushmaydi. Rashidov kechagina jamoaga borib qo'shildi, shu bois bosh murabbiy Koshtinya unga xordiq chiqarish imkoniyatini yaratib berdi.

Shu tariqa Rashidovning Portugaliya chempionatidagi debyuti 10 fevral kuni "Benfika"ga qarshi uchrashuvda bo'ladi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia