Rangnik Xendersonni qo'yib yubormaydi

Mirjalol Normatov
29 dek 2021, 23:16
"Manchester Yunayted" darvozaboni Din Xenderson katta ehtimol bilan qishda jamoadan kyetmaydi.

Oldinroq 24 yoshli posbon doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun boshqa jamoa tarkibiga o'tishni istayotgani aytilgandi. Ammo mankunianliklar bosh murabbiyi Ralf Rangnik darvozabon bilan gaplashib olgan va fikridan qaytargan.

Ushbu mavsumni David de Xea o'ta yuqori darajada o'tkazmoqda. Posbon APLdagi barcha 17 o'yin, YCHLdagi 5 o'yinda darvozani qo'riqladi. Xendenson esa faqatgina bir marta YCHL o'yinini to'liq bo'lmagan holda, shuningdek, Liga Kubogidagi bahsda ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal