Rangnik seshanba kuni MYU bazasiga keldi, ammo u yerda hech kim yo'q edi

Alisher
15 yanv 2022, 14:16
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik xatolik sabab seshanba kuni jamoaning Karringtondagi bazasiga keldi.

Manchesterliklar dushanba kuni Angliya Kubogi 3-bosqich doirasida "Aston Villa" (1:0)ni mag'lubiyatga uchratishdi va 63 yoshli nemis futbolchilarga keyingi kun uchun dam berdi.

Ammo, Rangnik buni esdan chiqargan ko'rinadi.

Seshanba kuni ertalab bazaga kelgan murabbiy mashg'ulot kompleksiga kirish oldida futbolchilarni koronavirusga testdan o'tkazadigan shifokorlar guruhini kutgan edi. Ammo, Rangnik u yerda hech kimni topa olmadi.

"U o'z mashinasidan qo'ng'iroq qildi va shifokorlar qayerdaligini so'radi. Unga o'yinchilarga dam berilganini eslatishdi va u ketdi. Bu bazadagi eng ko'p muhokama qilingan mavzu bo'ldi, futbolchilar bu haqda hazil qilishdi", - deyiladi manbada.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail