Rangnik Grinvud bilan yuz bergan voqealarga munosabat bildirdi

Narzulla Saydullayev
3 fev 2022, 23:15
Futbolchi noma'lum muddatga mashg'ulotlardan chetlashtirilgandi.

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ralf Rangnik jamoa futbolchisi Meyson Grinvud bilan yuz bergan muammolar haqida gapirdi.

"Bo'lib o'tgan voqealarga qaramasdan, hafta davomida ajoyib mashg'ulotlar o'tkazdik. Grinvud bilan yuz bergan ishlar jamoa futbolchilari orasidagi asosiy mavzu bo'ldi. Ammo futbolchilar ham inson. Meyson qishki tanaffusga qadar jamoaning bir qismi bo'lgandi", -deydi Ralf Rangnik.

Eslatib o'tamiz, futbolchi jinsiy zo'ravonlikda ayblanib, hibsga olingandi. Keyinchalik esa garov evaziga qamoqdan olib chiqildi.

Voqelikdan so'ng "Nike" kompaniyasi u bilan hamkorlikni to'xtatgandi. Shuningdek, uning ismi tushirilgan liboslar ham klub bozoridan olib tashlandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Sky Sports