

"APL meni hayron qoldirdi, deb ayta olmayman. Biroq ajablanarli jihati shundaki, turnir jadvalining so'nggi pog'onasida borayotgan jamoalar ham jismoniy jihatdan juda kuchli ekan. Bu yerdagi istalgan raqibdan mag'lub bo'lish mumkin", - dedi mutaxassis.
Germaniyalik murabbiy o'tgan yilning 29 noyabr kunida "Manchester Yunayted" boshqaruvini qo'liga olgandi.



