Ramos sobiq jamoadoshiga shogird bo'lishi mumkin

Khoja
14 dek 2024
Serxio Ramos erkin agent sifatida Boka Xuniorsga o'tishi mumkin.

Kelishuv yanvarda amalga oshishi mumkin. Ayni vaqtda Boka Xuniorsni Ramosning Real Madriddagi sobiq jamoadoshi Fernando Gago ustozlik qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Ramosning so'nggi klubi Sevilya bo'lgan. U tgan mavsum oxirida andalusiyaliklar safini tark etgandi.

Agar Ramos Argentina klubiga ko'chib o'tsa, kelasi yili yozda bo'lib o'tadigan klublar o'rtasidagi JCHda ishtirok etishi mumkin.


KhojaMuallif
Manba: championat.com