Ramos o'z akkauntlaridan "Real" futbolchisi ekani haqidagi qaydlarni o'chirib tashladi

Alisher
1 iyul 2021, 16:04
Serxio Ramos ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaridagi "Real"ga oid barcha qaydlarni o'chirib tashladi.

Futbolchining Madrid klubi bilan tuzgan shartnomasi o'z nihoyasiga etdi.

Eslatib o'tamiz, 16 iyun kuni "Real Madrid" Ramos bilan xayrlashganini e'lon qilgan edi. Tomonlar yangi shartnoma borasida kelisha olishmagan.

Ramos "Real"ga 2005 yilda "Sevilya"dan ko'chib o'tgandi. Uning hisobida Madrid libosidagi 450 o'yin va 72 gol mavjud. "Real" safida u 5 marta Ispaniya chempionligini qo'lga kiritgan, ikki bor mamlakat Kubogini ko'tarib, 4 marta YCHL va Klublar o'rtasidagi jahon chempionati kubogiga ega chiqqan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: As