Ramos "Lans"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Aslanov Jasurbek
3 dek 2021, 21:14
PSJ himoyachisi Serxio Ramos mushaklaridagi toliqish tufayli Fransiya chempionatining 17-turidan o'rin olgan "Lans"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoasiga bo'lajak uchrashuvda ispaniyalik futbolchining yordam bera olmasligini aytdi. Jarohatidan tuzalgach, 35 yoshli futbolchi "Sent-Eten"ga qarshi o'yinda (3:1) debyut qildi va maydonda 90 daqiqani to'liq o'tkazgandi.

Ramos bilan amaldagi shartnoma 2023 yilgacha mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, "Lans" – PSJ uchrashuvi 4 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia