Ramos Grizmann so'zlari haqida: "U o'ziga xaddan ortiq ishonib yuboradi"

Aslanov Jasurbek
19 sen 2018, 14:31
"Real" himoyachisi Serxio Ramos "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmanning so'zlariga izoh berdi.

Oldinroq, fransiyalik forvard o'zini Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi bilan bir darajada ekanligini aytgan edi.

"Grizmann xaddan tashqari o'ziga ishonib yuboradi. Uning so'zlarini eshitganimda ko'plab sovrinlar yutgan, ammo "Oltin to'p"ni qo'lga kirita olmagan Totti, Xavi, Raul, Inesta, Kasilyas va boshqa yulduzlar hayolimga keldi. U o'z so'zlarini aytishdan oldin Simeone yoki Godin bilan maslahatlashib olsa bo'lardi" - deydi Ramos.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca