Ramos "Ayaks"ga qarshi bahs paytida hujjatli filmda suratga tushdi

Aslanov Jasurbek
6 mar 2019, 15:15
"Real" himoyachisi Serxio Ramos "Ayaks"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvi (1:4) vaqtida o'zi haqidagi hujjatli filmda suratga tushayotgan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, operatorlar bahs vaqtida Ramosning o'zini tutishini va kiyinish xonasini suratga olishgan. Filmni Amazon kompaniyasi suratga olmoqda. Unda futbolchining hayoti va faoliyati haqida hikoya qilinadi.

Eslatib o'tamiz, Ramos "Ayaks"ga qarshi birinchi uchrashuvda atayin sariq kartochka olgani uchun 2ta bahsga chetlatilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca