

Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan uchrashuvdan oldin o'tkazilgan matbuot-anjumanida e'lon qildi.
"Ramos ertaga o'ynamaydi. U biroz charchagan. Ko'ramiz, u yakshanba kuni maydonga tushar ekanmi. Ammo oldinda bizni qiyin bahs kutib turibdi. Imkoniyatlar teng. Biz boshqa uchrashuvlar haqida o'ylamayapmiz.
"Real" raqibni yaxshi o'rganib chiqdi. Bizga "Amerika" qanday o'ynashini bilish uchun bir oy kerak emas. O'zimizning eng yaxshi futbolimizni ko'rsatishimiz kerak" - deydi Zidan.



