Ralf Rangnik: "Midlsbro"ning goli hisoblangani xato bo'ldi"

Omonjon To`xtamirzayev
5 fev 2022, 13:59
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik Angliya Kubogi 4-bosqichida "Midlsbro"ga boy berilgan (1:1, 7:8 po penalti) o'yin haqida gapirdi.

"Biz, ayniqsa birinchi bo'limda, juda ko'p imkoniyatlardan foydalana olmadik. Tanaffusga 3:0 hisobida chiqib ketishimiz mumkin edi.

Ikkinchi bo'limda ham qator vaziyatlar yaratdik. "Midlsbro"ning golini hisoblab bo'lmasdi. Hakamlar xato qilishdi. Gol o'tkazib yuborganimizdan keyin ham bir nechta yaxshi imkoniyatga ega bo'ldik.

Brununing vaziyatini penaltiga tenglashtirish mumkin, shunday ekan, bunchalik ko'p vaziyatni ko'kka sovurganimiz uchun faqat o'zimizdan xafa bo'lishimiz zarur.

Oqibatda, barchasi penaltilar seriyasida hal bo'ldi, bu yerda barchasini omad hal qiladi. Biz yutqazdik va juda xafamiz", – dedi Rangnik.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru