Rakitich: Chorak finalda favoritlar yo'q

2 iyul 2018, 09:05
Xorvatiya termasi yetakchisi Ivan Rakitich Rossiya bilan bo'ladigan chorak final o'yini haqida gapirdi.

“Ispaniya-Rossiya uchrashuvini tomosha qildik. Ular JCHda hamma narsa yuz berishini mumkinligini ko'rsatishdi. Chorak finalda endi favoritlar yo'q. Bizni musobaqa mezbonlariga qarshi katta o'yin kutmoqda. Bu yerdagi damlardan rohatlanish kerak. Axir Jahon Chempionatida o'ynash - orzu! Finalga chiqishga qodir ekanligimizni yaxshi bilamiz. Shunday ekan ishlashda davom etamiz va buni amalga oshirishga harakat qilamiz”,-dedi Rakitich.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport24