Rafael Van der Vart: "Jamoaga sodiq muxlislar kerak"

Tolibjon Qosimov
8 fev 2014, 13:10
"Gamburg" sardori Rafael Van der Vart "Gerta"ga qarshi o'yin oldidan intervyu berib, jamoaga haqiqiy muxlislik yetishmayotganini ta'kidladi.
"So'nggi haftalarda muxlislar tomonidan qo'llab-quvvatlash sezilarli darajada pasaydi. Bu narsa faqatgina zararimizga ishlaydi. Bizga sodiq muxlislar kerak. Ularning yordami bilan biz xavfli zonadan chiqib ketishimiz mumkin", deya Van der Vart so'zlaridan Sporting Life iqtibos keltirmoqda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net