

Yangi bitim borasidagi muzokaralar "rossoneri" Italiya Superkubogi doirasida "Inter"ga qarshi to'qnash kelganidan keyin bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Bo'lajak uchrashuvda hal qiluvchi kelishuvga erishish kutilmoqda. "Milan" portugaliyalik futbolchiga 2027 yilga qadar amal qiladigan bonuslarlar ham ko'zda tutilgan yillik 7 mln evrolik maosh taklif qilmoqda.
Rafael Leau joriy mavsumda Italiya klubi tarkibida jami 24 ta o'yinda ishtirok etdi va 9 ta gol urib, xuddi shuncha assist qayd etdi.



