Rafael Gerreyru PSJga o'tishi mumkin

7 iyul 2018, 07:55
Portugaliyalik futbolchi Parij klubi nigohida.

Portugaliya terma jamoasi hamda “Borussiya Dortmund” klubi himoyachisi Rafael Gerreyru o'z faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin. Parijliklar futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Unga shaxsan jamoaning yangi bosh murabbiy Tomas Tuxel e'tibor qaratmoqda. Gerreyru u bilan “Borussiya”da birga ishlagan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild