Rabo "Milan"ga o'tmoqchi emas

Sherzod Nurmatov
13 iyun 2025
"Marsel" yarim himoyachisi Adrien Rabo mavsum oralig'ida "Milan"ga o'tmaydi.

30 yoshli futbolchi 2026 yilning iyunigacha shartnoma imzolagan hozirgi jamoasida qolish niyati borligini ma'lum qildi.

Avvalroq bu transfer "Milan"ning yangi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri taklifiga ko'ra amalga oshishi mumkinligi, u Rabo bilan "Yuventus"da birga ishlagan davridan yaxshi tanishligi haqida xabar berilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sport.sky.it