"Quvayt SK" Toshkentga payshanba kuni charter reys bilan keladi

Narzulla Saydullayev
5 fev 2014, 11:04
Shanba kuni OCHL pley-off ikkinchi bosqichi doirasida Toshkentning "Lokomotiv" klubi Quvaytning "Quvayt SK" klubini qabul qiladi.
"Quvayt SK" klubi Toshkentga payshanba kuni ertalab charter reys bilan yetib keladi va "Miran" mehmonxonasiga joylashadi. Bu haqda "temiryo'lchilar" rasmiy tvitteri xabar berdi.

Eslatib o'tamiz. "Lokomotiv" - "Quvayt SK" o'rtasidagi o'yin 8 fevral kuni soat 15:00da boshlanadi. Bahs "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia