Qozog'istonlik futbolchi "Zenit"ga o'tishga yaqin

Alisher
16 yanv 2020
Qozog'iston terma jamoasi yarim himoyachisi Baurjan Islamxan tez orada "Zenit" futbolchisiga aylanishi mumkin.

Rossiya grandi qozog'istonlik futbolchining transferi borasida muzokaralar boshladi va tez orada shartnoma imzolanishi mumkin.

RPL yetakchisi hozirda o'quv-mashg'ulot yig'inini Qatarda o'tkazmoqda. Baurjan YCHLning 2019/20 yilgi mavsum guruh bosqichi ishtirokchisi "RB Zalcburg" jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan nazorat o'yinida ishtirok etadi.

Eslatib o'tamiz, Baurjan Islamxan "Qayrat"ni erkin agent sifatida tark etdi. Uning almatiliklar bilan tuzgan shartnomasi 2019 yilining so'nggida yakunlangan edi va o'yinchi bitimni  uzaytirmadi.


AlisherMuallif
Manba: Prosports.kz