Qozog'iston Kubogi. "Tobol" 0:3 ni 3:3 ga o'zgartirdi, ammo yakunda baribir durangni saqlab qololmadi, Sergeev 57 daqiqa o'ynadi

Sherzod Nurmatov
25 iyul 2021, 22:12
Qozog'iston Kubogi 3-turi doirasidagi bahs o'z poyoniga etdi.

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 57-daqiqada almashtirildi.  

"Tobol" – "Maxtaraal" 3:4

Markaziy stadion

Gollar: Serikjan Mujikov 30', Jaslan Jumashev 69', avtogol Diyorjon Aripov 82'– Vladimir Sedelnikov 8', Edige Oralbay 11', Rashid Lyuxay 17', Madi Xaseyn 90+1'

"Tobol": Egor Cuprikov, Marat Alpispaev, Sultan Abilgazi, Roman Asrankulov, Ruben Brijidu (Raxat Kabdullov, 57), Jaslan Jumashev, Dushan Yovanchich (Ilyas Almuhammedov, 57), Vyacheslav Kulpeisov, Serikjan Mujikov, Daniyar Semchenkov, Igor Sergeev (Ali Axmet, 57)

"Maxtaraal": Aleksandr Rushinas, Diyorjon Aripov, Rashid Lyuxay (Beknur Riskul, 70), Erbolat Rustemov (Evgeniy Levin, 62), Vladimir Sedelnikov, Vyacheslav Serdyukov (Marlen Aymanov, 29), Erbolat Serik, Valeriy Stepanenko, Draman Kone, Edige Oralbay, Madi Xaseyn 

Ogohlantirishlar: Edige Oralbay (34), Erbolat Serik (64), Evgeniy Levin (68). 

Kubokning 1-davrasi nihoyasiga etdi. "Tobol"ning keyingi uchrashuvi, yani 2-davra 4-turi doirasidagi o'yini yana "Maxtaraal"ga qarshi o'tkaziladi. Uchrashuv 1-avgustga belgilangan va u "Maxtaraal" maydonida bo'lib o'tadi.

Aytish joiz, turnir yangi formatda o'tkazilmoqda. Unga ko'ra 2 davra (6 tur)dan keyin 1/4 finaldan olimpiya tizimi ishga tushadi, yani yutqazgan jamoa musobaqani tark etadi. Guruh bosqichi 10 iyuldan start oldi. Final 28 noyabrda o'tkazilishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia