Qozog'iston. Geynrix - ikkinchi bosqichda eng ko'p gol urdi

Narzulla Saydullayev
30 okt 2016, 17:29
Kecha Qozog'iston chempionatida 2016 yilgi mavsum o'z yakuniga etdi.
Bu mamlakatda chempionat ikki bosqichda o'tkazilishidan xabaringiz bor. Ikkinchi bosqichda 6ta jamoa chempionlik uchun, qolgan 6ta jamoa esa ligada qolish uchun kurash olib boradi.

Aleksandr Geynrix o'ynayotgan "Ordabasi" klubi ikkinchi bosqichning chempionlik uchun kurashgan 6 jamoa orasida ishtirok etdi.

Ikkinchi bosqichda o'tkazilgan 10ta o'yinda raqiblar darvozasiga 10ta gol urgan Sasha bu borada to'purar bo'ldi. UNdan keyingi o'rinda 7ta gol bilan "Qayrat"ning ivuarlik Goua Gou qayd etildi. Aynan Gou butun mavsumda 22ta gol urib chempionat to'purari bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia