Qoyil, JCH ochilish uchrashuvini 45 mingdan ziyod muxlis kuzatdi

Xayrulla Xoliqov
8 iyun 2019, 16:38
Kecha Fransiyada ayollar futboli bo'yicha navbatdagi jahon chempionati start oldi.

7 iyundan 7 iyulga qadar Fransiyada ayollar futboli bo'yicha jahon chempionati o'tkaziladi. 

8-bor o'tkazilayotgan musobaqada 24ta terma jamoa qatnashyapti va ishtirokchilarning beshtasi Osiyodan: Avstraliya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Tailand. 

"A" guruhi - Fransiya, Janubiy Koreya, Nigeriya, Norvegiya

"B" guruhi - Xitoy, Germaniya, JAR, Ispaniya

"C" guruhi - Avstraliya, Braziliya, Italiya, Yamayka

"D" guruhi - Argentina, Angliya, Yaponiya, Shotlandiya

"E" guruhi - Kamerun, Kanada, Gollandiya, Yangi Zelandiya

"F" guruhi - Chili, Shvetsiya, Tailand, AQSH 

Kecha "A" guruhining dastlabki uchrashuvi Fransiya va Janubiy Koreya ayollar termasi o'rtasida o'tkazildi. Bunda francuzlar 4:0 hisobida zafar quchishdi. Qizig'i shundaki, bu o'yinni stadionda 45 ming 261 nafar muxlis kuzatib bordi. Gap ayollar futboli haqida ketayotgani uchun bu raqamga havas qilsa arziydi. 

Bugun kun tartibidan uchta o'yin o'rin olgan: 

18:00. Germaniya - Xitoy

21:00. Ispaniya - JAR

00:00. Norvegiya - Nigeriya

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: fifa.com