"Qo'qon-1912" va "Qizilqum" o'rtasidagi o'tish o'yini sanasi tushunarsiz sabab bilan o'zgartirildi

Sherzod Nurmatov
24 noya 2023, 16:27
Bahs avval belgilangan kunda bo'lib o'tmaydi.

Superliga va Pro liga reglamentidan kelib chiqib, Pro ligada 3-o'rinni egallagan va Pro liga o'tish o'yinlarida g'olib chiqqan "Qo'qon-1912" klubi 2024 yilgi mavsum Superliga yo'llanmasi uchun Superligani 12-o'rinda yakunlashi aniq bo'lgan "Qizilqum"ga qarshi o'tish o'yinida ishtirok etadi.

Superligaga o'tish o'yini avvalroq 6 dekabr sanasiga tayin qilingan bo'lib, bunda Superliga klublarining 1 dekabr kuni 26-tur doirasida maydonga tushishi inobatga olingan edi. Biroq 25-turdan keyin "Qizilqum" futbol klubining o'tish o'yinida ishtirok etishi aniq bo'ldi. Qo'shimchasiga, Superliga 26-turida "Qizilqum"ga qarshi kurash olib borishi kerak bo'lgan "Turon" klubi musobaqada o'z o'rnini saqlab qolish imkoniyatini yo'qotdi. Shundan kelib chiqib, har ikki jamoa bilan kelishgan holda Liga o'tish o'yini sanasini 5 dekabrga o'zgartirishga qaror qildi.

Reglament asosida "Qo'qon-1912" futbol klubi rasmiy uchrashuv mezboni sifatida maydonga tushadi.

O'TISH O'YINI 

5 dekabr, seshanba 

14:00 QO'QON-1912 - QIZILQUM

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz